O‘zbekiston | 11:25 / 20.09.2021
8774
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi ikki oydagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus, 95 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 5 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 19 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168938 (+501) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 22 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 39 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 85 nafari Toshkent viloyatida,
  • 220 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda bundan kam kunlik ko‘rsatkich 17 iyul kuni qayd etilgan - o‘shanda 485ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan, 18 iyul kuni kunlik bemorlar soni 541ta yangi holat aniqlangan va shundan keyin faqat 12 sentyabrda undan past kunlik holat qayd etilgan - 526.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar, 
  • Andijon viloyatida 28 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 12 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 177 nafar,
  • Toshkent shahrida 265 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 162684 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 4 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1192 nafarni tashkil qilmoqda.

19 sentabr kuni 95 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 26272taga yetdi. Kecha bemorlarning 443 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 22757 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 215 nafarga yetdi.

Mavzuga oid