O‘zbekiston | 15:36 / 22.09.2021
14255
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoq aholisiga 5 mln so‘mdan pul tarqatilmoqda

Orol dengizi qurishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Mo‘ynoq aholisiga 5 million so‘mdan pul tarqatilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash prezidentimizning e'tiborida», deyiladi xabarda.

Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, «Xalq banki»ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek, uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.

Mavzuga oid