Toshkentda milliy taomlar oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 22 sentabr kuni soat 12:58da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 418-uyda joylashgan ikki qavatli, milliy taomlar oshxonasiga mo‘ljallangan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, 4ta yong‘in-o‘chirish ekipajlari soat 13:01da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:22da qurshab olingan va soat 13:34da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning 150 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida binoning 300 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024