Efiopiya BMTning 7 xodimini “persona non grata” deb e'lon qildi
Efiopiya hukumati BMTning mamlakatdagi 7 xodimini “persona non grata” deb e'lon qildi va ulardan mamlakatdan 72 soat ichida chiqib ketishni talab qildi. Ta'kidlanishicha, ularning barchasi mamlakatning ichki ishlariga aralashishda ayblanmoqda.
Nomaqbul shaxslar deb e'lon qilingan shaxslar orasida YUNISEF vakili, BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining monitoring guruhi rahbari va gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari bor.
Efiopiya hukumatining ta'kidlashicha, ular mamlakatning Tigray shtatidagi ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlagan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bu xabardan larzaga kelgan. Bu haqda uning rasmiy vakili o‘rinbosari Stefani Tramble ma'lum qildi.
Tramblening aytishicha, BMT Efiopiyadagi faoliyatini davom ettirish niyatida. “Bosh kotib Efiopiya bo‘yicha ishini davom ettiradi. BMTning insonparvarlik missiyalari biron-bir tomonni qo‘llab-quvvatlamaydi, ularning ishi muhim va davom etishi kerak. Biz u yerda ishimizni davom ettirishimiz lozim va shunday bo‘lishiga umid qilib qolamiz”, deb aytgan Guterrish vakili.
2020 yil noyabrdan beri Efiopiya hukumati va tigraylik ayirmachilar orasida qurolli ixtilof davom etib kelmoqda. Ular minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan, yuz minglab odamlar ocharchilik yoqasida qolgan, 2 mlndan ko‘proq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024