Jahon | 11:41 / 04.10.2021
9798
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela milliy valutasidan 6ta nol olib tashlandi

Venesuela milliy valutasi - bolivar qadrsizlanib ketgani sababli denominatsiya qilindi. Endilikda mamlakatdagi eng katta kupyura 100 bolivar qiymatida bo‘ladi va 25 dollardan sal kamroq turadi.

Yangi kupyuralarda avvalgisiga qaraganda 6ta nol kamroq bo‘lib, u hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida chiqarilgan.

Bungacha eng katta qiymatdagi kupyura 1 million bolivar bo‘lgan. U 25 AQSh sentidan kamroq turgan. Endilikda eng katta banknota 100 bolivar qiymatga ega va u 25 dollardan sal kamroq turadi.

Venesuela markaziy banki bolivar denominatsiya qilinishini sentyabrda e'lon qilgan. Bungacha mamlakatda 2 litrli gazli ichimlik 8 mln bolivarni tashkil qilgan bir holatda, fuqarolarga kuniga 20 mln bolivardan ko‘proq summa yechishga ruxsat berilmagan. 

Venesuela hukumati uchinchi marta milliy valutani denominatsiya qilmoqda. Bungacha bolivardan 2008 yilda 3ta nol va 2018 yilda esa 5ta nol olib tashlangan edi.

Mavzuga oid