O‘zbekiston | 11:53 / 07.10.2021
7194
2 daqiqa o‘qiladi

Har bir nomzodning o‘z yo‘li bor – Shavkat Mirziyoyev

Har bir partiyaning, har bir nomzodning o‘z yo‘li, o‘z dasturi bor. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Partiyalar o‘rtasida raqobat ketyapti. Chunki bizda ko‘p partiyalilik shakllandi. Har bir partiyaning, har bir nomzodning o‘z yo‘li, o‘z dasturi bor. Agar xalqimizga manfaat keltirsa, ularning rejalarini ham o‘rganishimiz kerak. Chunki ular ham shu vatan taraqqiyoti uchun harakat qilishyapti, deb o‘ylayman", – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, amaldagi prezident Sirdaryo viloyati taraqqiyoti borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Sirdaryo deganda ko‘pchiligimizning ko‘z o‘ngimizda cho‘l namoyon bo‘ladi. Endi Sirdaryoning cho‘l ekanligini unutishimiz kerak. Bu unumdor zaminda hosildorlikni oshirishimiz, hududni amalda haqiqiy gulistonga aylantirishimiz zarur. Men qo‘shni Jizzaxda hokimlik qilganimda ham, 14 yillik bosh vazirligimda ham bu viloyatdagi holatdan xabardor bo‘lganman. Ya'ni Sirdaryoni menchalik biladiganlar kam. Endi sizlar bilan viloyat taraqqiyoti uchun nimalar qilish haqida ochiq gaplashib olsak, yig‘ilishimizni shu ruhda o‘tkazsak juda yaxshi bo‘lardi. Ortiqcha qarsakbozlikka hojat yo‘q, bu kechagi kun”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid