O‘zbekiston | 17:40 / 18.10.2021
12882
1 daqiqa o‘qiladi

So‘xda yangi aeroport qurilishi yakunlandi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yangi aeroport qurish ishlari yakunlandi. Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshiriladi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So‘x eksklaviga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan tanishdi.

Viloyat hokimligi axborotiga ko‘ra, So‘x tumanining “Navobod” MFY hududida barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar bo‘lib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi.

Qurilish ishlari uchun davlat budjetidan 6,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab oladigan zamonaviy majmua tashkil etilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aeroport qurilishi 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Mavzuga oid