Suriya: Damashqda harbiylar avtobusi portlatildi, 10dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Suriya poytaxti Damashq shahri markazida harbiylar chiqqan avtobus portlashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.
Suriyadagi davlat nashri bo‘lmish «Sana» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, avtobus ko‘prik ostidan o‘tayotganida «terrorchilik hujumi»ga uchragan. Voqea joyidan olingan videoda avtobus yonib ketganini ko‘rish mumkin.
Suriya 10 yil davom etgan fuqarolik urushi girdobidan endi chiqayotgan bo‘lsa-da, mamlakat poytaxtida bunday hujumlar deyarli ro‘y bermasdi.
Portlash ovozlari (ikkita bomba qo‘llangan) tonggi mahalda eshitilgan, bu vaqtda avtobus Rais ko‘prigi ostidan o‘tayotgandi. «Sana» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyida zararsizlantirilgan uchinchi portlovchi qurilma ham topilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu hujum Damashq markazida 2017 yildan buyon amalga oshirilgan ilk qonli terakt bo‘ldi, o‘shanda IShID a'zosi bo‘lgan terrorchi xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgandi.
Avtobusning portlatilishi uchun mas'uliyatni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmadi, ammo bu hujum ham IShID ta'siridagi terrorchilar tomonidan amalga oshirilgani gumon qilinmoqda, jangarilar Suriya sharqida ko‘p marta harbiylarning avtobuslariga hujumlar uyushtirgan.
Mavzuga oid
13:42 / 19.12.2024
Damashq yaqinida ikkita ommaviy qabr topildi
15:01 / 16.12.2024
RF Damashqdagi xorijiy vakolatxonasi xodimlarining bir qismini olib chiqib ketdi
09:44 / 08.12.2024
Bashar Asad Damashqni tark etgani aytilmoqda
20:42 / 04.12.2024