Jahon | 19:20 / 23.10.2021
8321
1 daqiqa o‘qiladi

Kobuldagi elektr stansiyasini portlatishda gumonlanib uch kishi qo‘lga olindi

21 oktyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri va qator viloyatlar elektr stansiyasida sodir bo‘lgan portlash sababli elektrsiz qolgandi.

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobulda elektr stansiyasini portlatishda gumonlanib uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Bakhtar agentligi xabar berdi.

"Kobulning Murod Bek tumanidagi elektr stansiyasini portlatishda gumonlangan uch kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda", - deya Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Said Hustiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

21 oktyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri va qator viloyatlar elektr stansiyasida sodir bo‘lgan portlash sababli elektrsiz qolgandi.

Afg‘oniston davlat energetika korporatsiyasining (DABS) bayonotiga ko‘ra, portlash oqibatida elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan.

Mavzuga oid