NASA 2022 yilda Oyga Artemis missiyasi jo‘natilishini ma'lum qildi
Artemis 1 missiyasi doirasida Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oladi va bir necha hafta orbitada bo‘ladi. So‘ngra kema Yerga qaytadi.
Oyga Artemis 1 sinov missiyasining parvozi 2022 yil 12 fevralga mo‘ljallangan, deb xabar berdi NASA.
Missiya doirasida Space Launch System (SLS) tashuvchi-raketasi va Orion kosmik kemasi parvozi amalga oshiriladi, deb ma'lum qildi NASA vakili Mayk Sarafin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Orion kemasi parvozi to‘rt haftadan olti haftagacha davom etadi.
Joriy haftada Orion kemasi Kanaveral burnidagi Kennedi nomli kosmik markaz vertikal yig‘uv sexida SLS tashuvchi-raketasiga o‘rnatildi.
Artemis 1 missiyasi doirasida Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oladi va bir necha hafta orbitada bo‘ladi. So‘ngra kema Yerga qaytadi.
Artemis dasturi 2020 yil sentyabrda e'lon qilingandi. Uning asosiy maqsadi 2024 yilda oyga inson qadami qo‘yilishini amalga oshirish, kelajakda Oyni o‘zlashtirish uchun sharoitlar yaratishga tayyorgarlik ko‘rishdir.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
07:51 / 06.12.2024
AQShning Oyga missiyalari 2026 va 2027 yillarga qoldirildi
23:31 / 25.11.2024