Fan-texnika | 16:26 / 02.11.2021
21862
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar 5G tarmog‘i sayyoramiz ekologiyasiga qanday ta'sir qilishini aytishdi

Hozirgi kunga kelib, jahon aholisining 15 foizigina 5G aloqa tarmog‘idan foydalanmoqda. Ekspertlar bu jarayonni tezlashtirishni maslahat berishmoqda.

Foto: Pixabay

Ericsson kompaniyasi 5G tarmog‘ini jahon bo‘ylab joriy etish borasida tadqiqot o‘tkazib, beshinchi avlod standarti sayyoramiz ekologiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda kompaniya saytida e'lon qilingan hisobotda qayd etilgan.

Hujjatda aytilishicha, ma'lumotlar uzatishning yanada samarador usuli atmosferaga karbonat angidrit ajratishni kamayishiga xizmat qiladi.

«5G tarmog‘ining eng «iflos» sohalar — elektr energetikasi, transport, ishlab chiqarish va qurilishda faol joriy etilishi natijasida Yevropa mintaqasida CO2 ajralib chiqishi yiliga 55–170 million tonnagacha kamayadi. Bu esa yo‘llardan 35 millionta avtomobilni olib tashlash bilan teng», — deyiladi hisobotda.

Shuningdek, 5Gga o‘tilishi sharofati bilan 2030 yilga borib, Yevropa ittifoqi davlatlarida parnik gazlarining ajralib chiqishi yiligi 550 million tonnagacha kamayishi hisoblangan.

«Tarmog‘ga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish imkoniyati parnik gazlarining ajralib chiqish darajasi past bo‘lgan ekologik toza kelajakni va'da qilmoqda va 2050 yilga borib unday gazlarning ajralib chiqish darajasi nolga teng bo‘ladi», — deyishmoqda ekspertlar.

Hisobotda, shuningdek, beshinchi avlod standartini joriy etish ishlari tezlashtirilishi lozimligiga urg‘u berilgan.

Mavzuga oid