O‘zbekiston | 20:21 / 03.11.2021
73390
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Telegram va yana 4ta tarmoq faoliyati cheklandi

“O‘zkomnazorat” Telegram messenjeri hamda YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyatini cheklab qo‘ydi.

Foto: Depositphotos

Ushbu platformalar bugun, 3 noyabr kuni Shaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga qo‘shilgan.

Iyul oyida bu reyestrga TikTok, Twitter, Skype, VKontakte va WeChat tarmoqlari ham kiritilgandi.

O‘zbekiston hukumati  internet kompaniyalardan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma'lumotlarni jismonan O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlashni talab qilmoqda.

Bu talab jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘lib kelmoqda.

Mavzuga oid