O‘zbekiston | 10:48 / 24.11.2021
3651
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi IV an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda 10 dan ortiq chet davlatdan navoiyshunos olimlar ishtirok etyapti.

Foto: Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Navoiy viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy xalqaro jamoat birlashmasi hamkorligida to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiyada 70 nafardan ortiq dunyoning yetuk navoiyshunos olimlari qatnashmoqda. Xususan, konferensiyaga AQSh, Kanada, Albaniya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Eron, Mongoliya, Tojikiston, Tatariston va boshqa bir qator davlatlardan olimlar tashrif buyurgan. 

Foto: Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Foto: Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Ishtirokchilar tomonidan sho‘'balarga bo‘lingan holda Navoiy ijodiyotining ma'no, mavzu, diniy va tasavvufiy qatlamlari, chet ellarda o‘rganilishi, davlatchilik va rahbar ma'naviyati haqidagi qarashlari, hozirgi o‘zbek tili, adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro anjuman ishi natijalari bo‘yicha tegishli ilmiy xulosalar qilinib, bir qator takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Foto: Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Mavzuga oid