O‘zbekiston | 19:50 / 29.11.2021
12085
1 daqiqa o‘qiladi

Ekspert 2-3 kilometr masofada beshta yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilganini ko‘rsatib berdi

Senat ekspertlar kengashi a'zosi Nosirjon Zokirov Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Botir Zokirov ko‘chasida harakatni davom ettirdi. U bir necha kilometrlik masofa ichida “Yo‘l harakati qoidalari”ga zid o‘rnatilgan 5ta holatni sanadi va o‘z e'tirozlarini bildirib o‘tdi.

Xususan, ekspertga ko‘ra Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi chorrahasiga 4.1.2 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasida 4.1.1 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Toshkent shahar hokimligi qarshisidagi 3.27 yo‘l belgilari ketma-ketligi noto‘g‘ri.

Islom Karimov ko‘chasidan Botir Zokirov ko‘chasiga burilishda bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish belgisi yetishmaydi. Konservatoriya yaqinida esa, 3.27 belgilari asossiz ravishda ko‘p.

Mavzuga oid