Jahon | 22:19 / 29.11.2021
13587
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Britaniya shimoliga kuchli bo‘ron yopirildi

O‘tgan hafta oxirida Britaniya shimoliga yopirilgan “Arven” bo‘roni kamida 3 kishini hayotdan olib ketdi. Ularning 2 nafari avtomobil ustiga daraxt qulashi oqibatida vafot etdi, yana bir kishining ustiga daraxt qulagan.

Birlashgan Qirollik meteorologiya xizmati shanba kuni mamlakatning ayrim qismlarida boshlangan kuchli shamolning tezligi 44 metr/sekundga yetishi ortidan xavfning eng yuqori – qizil darajasini e'lon qildi. Kuchli shamol oqibatida mamlakat shimolida 100 mingdan ortiq inson bir necha kun davomida elektr energiyasidan uzilib qolgan.

Keyinchalik xavf darajasi sariqqa tushirilgan bo‘lsa-da, aholidan ogohlikni saqlash va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.

Britaniya Energiya tarmoqlari assotsiatsiyasi bo‘ron oqibatida infratuzilmaga yetgan zararni 2005 yildan keyingi davrdagi eng kattasi deb atadi.

Foto: BBC

Dam olish kunlari Birmingem atrofi va Shotlandiyaning ayrim shaharlarida boshlangan kuchli qor bo‘ronlari temir yo‘l va avtomobil transporti harakatini cheklab qo‘ydi. Angliya Premer-ligasi doirasidagi bir nechta futbol o‘yinlari qoldirildi.

OAVda tabiiy ofat manzaralari aks etgan suratlar keng tarmoqda.

To‘lqinlarning ko‘tarilishi ortidan sohillarga yaqinlashmaslik so‘ralmoqda.
Foto: SIMON C WOODLEY
Qor bo‘ylab ketayotgan erkak. Shimoliy Yorkshir.
Foto: Danny Lawson/PA
Darem grafligi qirg‘oqlariga urilayotgan kuchli to‘lqinlar.
Foto: Charlotte Graham/Shutterstock
Liverpuldagi qor qoplagan Li-park hududining dron orqali olingan tasviri.
Foto: Peter Byrne/PA
Futbol stadioni tanaffus vaqtida qordan tozalanmoqda. “Ittihod” stadioni, Manchester.
Foto: Getty Images
Gannersayd qishlog‘ida qor qoplagan ko‘chalardagi avtomobillar. Shimoliy Yorkshir.
Foto: Danny Lawson/PA
Shimoliy Yorkshirdagi Battertubs dovonidagi qor tozalanmoqda.
Foto: Danny Lawson/PA
Shimoliy Yorkshirdagi Battertubs dovonida qorga tiqilib qolgan avtomobil.
Foto: Danny Lawson/PA
Brun-Velli parkida mahalliy aholi qorga burkangan tabiatdan zavq olmoqda. Bernli.
Foto: Lindsey Parnaby/AFP/Getty Images
Kembriya ko‘chalarida yog‘ayotgan qor.
Foto: Witt Woo / REX / Shutterstock
Kuchli shamol ta'sirida avtomobil ustiga qulagan katta daraxt.
Foto: SWNS
Qor bilan qoplangan Lichfild. Staffordshir, Angliya.
Foto: BBC
Ustiga daraxt qulashi oqibatida bir nafar politsiya xodimi vafot etgan avtomobili. Mahalliy nashrlar, avtomobildan uning sheriklari chiqib olganini aytishmoqda.
Foto: Newsline
Shamol Norton markazidagi yuzlab daraxtlarni yiqitdi.
Foto: PA
Birkenxedda shamol tezligi soatiga 90 milga chiqqan vaqtda qulagan yirik daraxt.
Foto: AFP
Kuchli shamol oqibatida ayrim binolarning g‘ishtlari mashinalar ustiga ko‘chib tushdi.
Foto: News.sky

Mavzuga oid