Yil boshidan beri sabzi narxi o‘rtacha 68 foizga oshdi
O‘zbekistonda yil boshidan buyon sabzi narxi o‘rtacha 68 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Iste'mol narxlari monitoringi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida sabzi narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 25 foizga arzonlashdi. Biroq yil boshidan buyon sabzi narxi o‘rtacha 68 foizga oshgan.
Avvalroq, pomidor narxlari bir oyda o‘rtacha 54 foizga qimmatlashgani xabar berilgandi.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida pomidor narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 54 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, pomidor narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 0,1 foizga arzonlashgani kuzatilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024