Andijonda fuqaroga qo‘pollik qilgan “GAI” xodimi lavozimidan ozod etildi
YPX xodimi fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda vazifasiga doir bir necha me’yoriy talablarni buzgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 27 noyabr kuni Andijon viloyati Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan maxsus reyd tadbirida YHXB xodimi Begali Badinov “Damas” rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgani, o‘zaro muloqot vaqtida xodim haydovchiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqalgan.
Andijon viloyati IIB YHXB mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi.
14 dekabr kuni ushbu tekshiruv yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, B.Badinov xizmat mobaynida fuqaroga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari bo‘yicha nizomni hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
14:37 / 27.12.2024
380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:37 / 27.12.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024