Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan bo‘shatildi. Bu Qozog‘istonda pandemiya davrida uchinchi vazirning ishdan ketishi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyni lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tsoy ushbu lavozimda 2020 yil yozidan buyon ishlab kelayotgandi. Tsoy vazirlik lavozimiga tayinlangunga qadar prezident ishlari boshqarmasi tibbiy markaziga rahbarlik qilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Tsoy boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ketgan.
Avvalroq To‘qayev “KazAvtoJol” milliy aviakompaniyasi rahbari Ulan Alipovni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. Bunga avtomobil yo‘llariga mas’ul milliy kompaniyaning qoniqarsiz ishi sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, bu Qozog‘istonda pandemiya davrida uchinchi marta sog‘liqni saqlash vaziri lavozimdan ketishi hisoblanadi. 2020 yil aprelida Kosmosbek Cho‘lponboyev lavozimidan olinib, uning o‘rniga Yeljan Birtanov tayinlangandi. Ammo Birtanov 2020 yil iyun oyi oxirida koronavirusdan davolangani sababli o‘z lavozimidan olingan.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024
Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
10:15 / 12.02.2024