O‘zbekiston | 07:25 / 22.12.2021
1586
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatiga olib kirilayotgan noqonuniy tovarlar to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida viloyatga olib kirilayotgan noqonuniy tovarlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga ma’lum qilindi.

Foto: IIBB YHXB

Jumladan, 2021 yil 19 dekabr kuni soat 07:00larda Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida «Qo‘qon—Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «Cobalt» avtomobili haydovchisi to‘xtatib tekshirilganda, mashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 115 quti «Mond» va 48 quti «Zumerret» nomli tamaki mahsulotlari olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi M.O. va aniqlangan mahsulotlar tuman IIBga topshirilgan.

Shuningdek, 2021 yil 19 dekabr kuni soat 07:40larda «Qo‘qon—Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Gazel-330202» rusumli yuk avtomobili to‘xtatib tekshirilganda, transport vositasining yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan changyutkich moslamalari olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi N.R. va aniqlangan vositalar tuman IIB xodimlariga topshirilgan.

Avvalroq, Toshkent viloyatida giyohvandlik vositasi olib ketayotgan haydovchi aniqlangani va noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid