Samarqandda yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 dekabr kuni soat 04:00 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumanidan o‘tgan 1079-kilometrida yuk mashinasi yonib ketgan.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan MAN rusumli mashinasi yukxonasidagi muzlatkichda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda yong‘in yuzaga kelgan va mashina kabinasi yonib ketgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024