O‘zbekiston | 10:41 / 07.01.2022
1950
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzaobod tumani hokimining ikki nafar o‘rinbosariga jarima jazosi belgilandi

Foto: Getty Images

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining ikki nafar o‘rinbosariga jarima jazosi belgilangan. Bu haqda tuman hokimi qarori e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati hokimligining 2021 yil 10 dekabrdagi 01-1-182-sonli yig‘ilish bayonnomasi, Mirzaobod tumani hokimligining 2021 yil 27 dekabrdagi 1/10-217-sonli yig‘ilish bayonnomasi, Mehnat kodeksining 179 va 182-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi hamda E.Abdullayev, D.Azimovning tushuntirish xatiga asosan Mirzaobod tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi I.Xolqo‘ziyevning intizomiy jazo qo‘llash haqidagi qarori e’lon qilingan.

Qarorga ko‘ra, Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosarlari D.Azimov va E. Abdullayevga nisbatan oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Sardoba tumani hokimining uch nafar o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berilgandi.

Mavzuga oid