To‘qayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ikki o‘rinbosarini almashtirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ikki o‘rinbosari - Marat Osipov va Daulet Yergojinni lavozimdan ozod etdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qozog‘iston prezidenti sayti xabar berishicha, Kosjanov Bakitbek va Amerxanav Askar Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlangan.
5 yanvar kuni To‘qayev Yermek Sag‘imbayevni qo‘mitaning yangi raisi etib tayinlagani ma’lum bo‘lgandi. Bu lavozimda 2016 yildan buyon ishlab kelgan Karim Masimov avvaliga ishdan olingan, 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilish gumoni bilan qo‘lga olingandi.
Qozog‘iston rahbari Milliy xavfsizlik qo‘mitasining yana bir o‘rinbosari - Maxsus topshiriqli xizmatlar direktorini almashtirgandi, prezident farmoni bilan Anuar Sadikulov o‘rniga Berik Kunanbayev tayinlangan.
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi. Prezident Asqar Mamin hukumatini iste’foga chiqardi, ammo bu namoyishchilarni tinchitish uchun yetarli bo‘lmadi. Shundan keyin turli tuzilmalarda iste’folar kuzatila boshladi.
7 yanvar kuni xalqqa murojaatida To‘qayev hukumat huquq-tartibot idoralari va armiya harakatlari munosabati bilan muhokamalar o‘tkazilishini ta’kidlagandi. «Maxsus kuchlar, maxsus vositalar va texnika yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. Biz bu masalalarni zudlik bilan hal qilamiz. Davlat nega jangarilarning uxlab yotgan yacheykalarini yashirin tayyorgarlikdan o‘tkazilishiga befarq qolganini tushunish juda muhim», degandi Qozog‘iston rahbari.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024
Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
10:15 / 12.02.2024