O‘zbekiston | 10:39 / 11.01.2022
2016
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 2021 yil suv ta’minoti uchun 179,7 mlrd so‘m sarflangan

Foto: Kun.uz

2021 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 128 ta qishloq va mahallalarda jami 179,7 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan. Bu haqda Qoraqalpoq suv ta’minoti bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilishicha, ushbu ishlar doirasida 131 ta obektlarda 680,6 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 51 ta suv inshootda qurish-rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida 19 ta obektda 27,6 mlrd so‘m evaziga 112,1 km ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish” dasturi doirasida loyiha qiymati 3,75 mlrd so‘mlik 5 ta obektda 12,7 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish-rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, rejadagi ishlar bajarilishi natijasida 58 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 104,8 ming nafar aholining ichimlik suv ta’minoti esa yaxshilanadi.

Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev qoraqalpog‘istonliklarga qilgan murojaatida aynan “suv” so‘zini ko‘p bora ishlatgandi.

Mavzuga oid