O‘zbekiston | 10:51 / 12.01.2022
29981
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kovidning navbatdagi to‘lqini: kunlik holatlar soni 600dan oshdi

SSV O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat xavotirli tus olayotgani, so‘nggi bir kunda kunlik kasallanish holatlari soni 600dan oshgani, yana 4 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Toshkent shahrida ko‘p oylardan buyon kunlik o‘sish 300dan oshgan, O‘zbekistonda so‘nggi marta kunlik holatlar soni 600dan yuqori bo‘lishi 2021 yil 17 sentyabrida (+624) kuzatilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 41 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 42 nafari Samarqand viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 97 nafari Toshkent viloyatida,
  • 331 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 14 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 36 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 22 nafar,
  • Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197475 (+167) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qildi.

O‘zbekistonda 2021 yil sentabr o‘rtalarida boshlangan pasayish 2022 yil yanvarigacha davom etgan (3 yanvarda kunlik holat 64tagacha tushgan), keyingi kunlarda kunlik holatlar avvaliga 200dan oshdi, keyin 400ga yaqinlashdi, 10 yanvar kuni esa 425ta yangi holat aniqlangandi.  

«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

 

Mavzuga oid