O‘zbekiston | 12:15 / 17.01.2022
9691
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida omborxona yonib ketdi

Toshkentdagi «Jomiy» bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in ro‘y berdi, yong‘in maydoni 350 kv. metrni tashkil etgan. Halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar yo‘q.

Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Usta shirin ko‘chasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Bugun, 17 yanvar kuni soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olingan va soat 11:54 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 350 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid