O‘zbekiston | 17:08 / 01.02.2022
8321
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichi 60 foizdan yuqoriligi aytildi

Xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichi 48 foizdan 62 foizgacha ekanligi aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Bu haqda Strategik rivojlanish agentligi mas’uli M.Hasanova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 48 foizi soyada ekanligi aytilgandi. Bu yashirin iqtisodiyot hajmi 245 trillion so‘mga teng degani.

Biroq agentlik mas’uli 2021 yil uchun aniq raqam aytmadi.

Shuningdek, brifingda transport, qishloq xo‘jaligi tashqi savdo va kichik biznes va boshqa bir necha sohalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgani aytildi.

2022 yil 22-25 mart kunlari Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi reja qilingan.

Bundan tashqari, Jahon banki bilan hamkorlikda 2030 yilgacha investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish rejasi ham joriy yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Unda 5ta asosiy yo‘nalish belgilangan bo‘lib, iqtisodiyot sohalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish va tashqi savdoda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabilar asosiy vazifalar etib belgilandi.

Mavzuga oid