O‘zbekiston | 11:20 / 07.02.2022
26009
2 daqiqa o‘qiladi

Oqqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oqqo‘rg‘on tumanining yangi hokimi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Alisher Karimjonov / Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

A. Karimjonov 1980 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan. 

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Farhod Omonov

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov o‘tgan yil dekabrida Qashqadaryo viloyatiga birinchi o‘rinbosar bo‘lib ketgan Ulug‘bek Uzoqov o‘rniga Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Xolmirza Niyozov

Mavzuga oid