O‘zbekiston | 22:39 / 07.02.2022
9630
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Fuqaro kuchuk bolasini qutqarish uchun quduqqa tushayotganda arqoni uzilib ketadi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV axborot xizmatining xabar berishicha, voqea 7 yanvar kuni Toshkent viloyati Angren shahar Bunyodkor ko‘chasida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan chuqurligi 16 metr bo‘lgan quduq ichiga tushib ketgan kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketishi natijasida quduqqa tushib ketgan.   

Foto: FVV matbuot xizmati

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro va kuchuk bolasi quduq ichidan olib chiqildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Avvalroq, Marokashlik Rayan ismli 5 yashar bola 1 fevral kuni 32 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgani ortidan keng ko‘lamli qutqaruv operatsiyasi boshlangani va quduq tor bo‘lgani sababli qutqaruvchilar bolaning yonigacha borish uchun parallel tunnel qazishgani haqida xabar berilgan edi. Qutqaruvchilar yetib borgunicha esa Rayanga suv, ovqat va kislorod niqobi yetkazib berilgan. Biroq qutqaruvchilar yetib borganida u jon taslim qilgan edi.

Mavzuga oid