Hindistonlik milliarder Osiyoning eng boy odamiga aylandi
Boyligi bu yil qariyb 12 milliard dollarga ko‘paygan Gautam Adani dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatida 10-o‘rindan joy oldi.
Hindistonlik milliarder va tadbirkor Gautam Adani Osiyoning eng badavlat odamiga aylandi, deb xabar berdi India Times.
Bloomberg indeksiga ko‘ra, 59 yoshli Adanining boyligi 88,5 milliard dollarga yetgan. U vatandoshi Mukesh Ambanini ortda qoldirib, Osiyoning eng boy kishisiga aylandi.
Shuningdek, boyligi bu yil qariyb 12 milliard dollarga ko‘paygan Gautam
Adani dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatida 10-o‘rindan joy oldi.
Adani Forbes reytingida ham 90,2 milliard dollar bilan 10-o‘rinni egalladi.
U Adani Group korporatsiyasi raisi hisoblanadi. Korporatsiya dengiz orqali yuk tashish, savdo, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar qazish, energetika, ko‘chmas mulk, logistika kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadigan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Adanining boyligi 40 milliard dollar atrofida edi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024