Shavkat Mirziyoyev Jomboy tumanidagi «Toshkent» mahallasida bo‘ldi
Prezident mahalla faollari bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «Toshkent» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
Bu yerda 4 mingdan ortiq aholi yashaydi. O‘ndan ortiq do‘kon, maishiy xizmat shoxobchalari, oshxona va qandolat sexida xotin-qizlar va yoshlar ish bilan band. Ming o‘rinli maktab, musiqa va san’at maktabi, 600 o‘rinli bolalar bog‘chasi bor. Mahalla guzarida tashkil etilgan o‘quv maskanida shu yerlik ishsiz ayollarga tikuvchilik sirlari o‘rgatilyapti.
Ma’lumki, mamlakatimizda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Shu asosida, Jomboy tumanidagi 38 ta mahallaga ham hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tayinlandi. Prezident ular bilan suhbatlashdi.
Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari o‘zlari mas’ul mahalladagi o‘rganish natijalari, muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini so‘zlab berdi. Yordamga muhtoj oilalar a’zolari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilishi, o‘zini o‘zi band qilish uchun imtiyozli kredit va subsidiya berilishi, dehqon xo‘jaligi uchun yer maydonlari ajratilishi aytildi.
Bu yil Jomboyda mahallabay tizim orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun 62 milliard so‘m imtiyozli kredit va 4,5 milliard so‘m subsidiya ajratish ko‘zda tutilgan.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga jalb etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ham muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
14:26 / 28.11.2024
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
14:19 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
09:18 / 17.11.2024