O‘zbekiston | 17:07 / 02.03.2022
7304
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysi bo‘ylab harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Andijon viloyati transport boshqarmasi

Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab harakat qiluvchi Andijon – Qo‘qon shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Andijon viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, elektropoyezdlar 2022 yilning 1 martidan boshlab harakatlana boshladi.

Poyezdlar haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari Qo‘qon – Andijon-1 – Qo‘qon shaharlararo yo‘nalishida fuqarolarga xizmat qiladi.

Tonggi 5:00 da Qo‘qondan harakatlanishni boshlagan elektropoyezdlar 16 ta stansiyada to‘xtab, Andijonga kirib keladi. 

Mavzuga oid