Jamiyat | 17:22 / 13.03.2022
23930
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi oqibatida Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida kuchli yomg‘ir oqibatida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

Foto: Uzb_Meteo

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan Taxtaqoracha dovoni 13 mart kuni soat 16:00 dan avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunga yo‘lning 1138—1141-kilometrlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 13 mart kuni Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ko‘plab soy va sel o‘zanlariga sel keldi.

Mavzuga oid