Jamiyat | 22:06 / 23.03.2022
2814
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahri va Izboskan tumanining katta qismi elektr energiyasiz qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi elektr tarmoqlaridan birida yuz bergan chaqnash tasvirlari tarqalmoqda. Chaqnash natijasida shaharning katta qismi elektr energiyasiz qolgan.

Foto: Fotolia

Kun.uz muxbiri hodisaga oydinlik kiritish maqsadida "Andijon HeTK" AJ axborot xizmati bilan bog‘landi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kVli l – Yayilma-2 havo tarmog‘iga kuchli yog‘ingarchilik hamda yashin tushishi natijasida favqulotda nosozlikdan yuz bergan.

Hozirda tezkor chiqish guruhi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda kun.uz‘ga Andijonning ko‘plab joylaridan elektr energiyasida uzilishlar bo‘lganligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Jumladan, Andijon shahrining «Taxtako‘prik»,  «Guliston», «Bobosadin», «Birlashgan» MFYlari hamda Qo‘shariq dahasidan elektr uzilishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.

Bundan tashqari, Izboskan tumanining katta qismida ham elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotgani haqida tuman hokimligi xabar bergan.

Mavzuga oid