Jahon | 20:47 / 22.04.2022
15042
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri iste’foga chiqdi – OAV 

Ruslan Kazakbayevning iste’fo berishi sababi ma’lum qilinmagan. 

Foto: Yevgeniy Biyatov

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev iste’foga chiqdi. Bu haqda "Interfaks" Qirg‘iziston hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berdi. 

"Bugun Kazakbayev tashqi ishlar vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi", - degan u.

Kazakbayevning iste’fo berishi sababi ma’lum qilinmagan. 

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati hozircha bu xabar bo‘yicha izoh bermadi. 

Kazakbayev 2010-2012 yillarda hamda 2014 yil oktyabrdan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi.  

Mavzuga oid