Hindistonda mart oyida 122 yillik o‘rtacha issiq harorat rekordi yangilandi
Hindistonda bu yil issiq harorat muddatidan 2 oy oldin kirib kelgan. Bu – millionlab kishilar hayotini izdan chiqarishi va bug‘doy hosilini kamaytirib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
27 aprelda Hindistonning 5ta kuzatuv stansiyasida havo harorati +45 darajadan yuqori issiqni qayd etgan.
Hindiston uchun issiq havo harorati tabiiy hol. Ammo mamlakatda o‘ta yuqori harorat odatda may-iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Hindiston meteorologiya departamenti xabariga ko‘ra, mamlakatda yoz bu yil vaqtliroq boshlangan.
Mart oyidagi o‘rtacha maksimal harorat oxirgi 122 yil ichida kuzatilmagandi. Issiq havo to‘lqinlari oy davomida saqlanib turgan. Yaqin kunlarda poytaxt Dehlida harorat 44 darajaga yetishi kutilmoqda.
Mamlakatdagi fermerlar haroratning kutilmagan vaqtda ko‘tarilgani bug‘doy hosiliga ta’sir qilishini aytmoqda. Bu – Ukrainada kechayotgan urush foniga global bug‘doy tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
Hindistonning asosan shimoliy va markaziy hududlarida yoz doim juda issiq bo‘lgan. Zamonaviy sovitkich asboblari chiqqunicha ham bu yerda aholi issiqlik bilan turli shaklda kurashib kelgan. Masalan, suvni sopol ko‘zalarda saqlab, tanalariga xom mango surib olishgan. Ammo bu yilgi yoz yana ham issiqroq bo‘lishi taxmin qilinyapti. Bu – millionlab odamlar hayotini izdan chiqarib yuborishi mumkin.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024