O‘zbekiston | 08:07 / 12.05.2022
6147
2 daqiqa o‘qiladi

Sug‘orish uchun suv olish limitlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “2022 yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2022 yilda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va tumanlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari;

2022 yil yozgi sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhining tarkibi;

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sug‘orish quduqlarini ishlatish uchun 2022 yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdorlari;

2022 yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini ta’mirlash-tiklash va qurish ishlari rejasi.

Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari:

yirik suv omborlarida suv resurslaridan foydalanishni nazoratga olish, xususan suv chiqarishni qat’iy ravishda hokimliklarning aniq hisob-kitoblariga asoslangan talabnomalar bo‘yicha amalga oshirish;

gidromeliorativ tarmoqlarning mavsumga shayligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha qat’iy nazorat olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini “bir kanal - bir tizim” tamoyili asosida joylashtirish;

sug‘orish mavsumi davomida suv resurslaridan samarali foydalanish holatini har kuni tahlil qilib borish.

Mavzuga oid