Jamiyat | 21:17 / 18.05.2022
14044
2 daqiqa o‘qiladi

Tanqiddan so‘ng: Yangiyo‘ldagi ko‘prik ta’mirdan chiqdi

Kun.uz tahririyati “Ochiq budjet” ijrosi Yangiyo‘l va Guliston tumanlarida muammoga uchrayotgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgan edi. Mazkur maqolada keltirilgan Yangiyo‘ldagi ko‘prik ta’mirdan chiqarildi.

Foto: Yangiyo‘l tumani hokimligi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Changtepa mahallasidagi Jo‘n kanalidan 5-umumta’lim maktabiga o‘tuvchi ko‘prikni qayta qurish tashabbusi «Ochiq budjet» portaliga kiritilgan. 2021 yil 13 avgustdan 2 sentabrgacha davom etgan ovoz berish jarayonida mazkur tashabbus tuman miqyosida g‘olib deb topilgan. Biroq ko‘prik qurilishi o‘z vaqtida boshlanmagan edi.

Loyihaga 100 mln so‘m ajratilishi kerak bo‘lgan.

Mahalla ahlining viloyat hokimiga yo‘llagan murojaatiga javoban viloyat moliya boshqarmasining ma’lum qilishicha, ko‘prik qurish uchun so‘ralgan 100 mln mablag‘ ajratilib, maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan. 2021 yil 9 dekabrda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘prik qurish uchun tanlov e’lon qilingan. Biroq belgilangan muddat davomida birorta ham taklif kelib tushmagan va qayta tanlov e’lon berilib, murojaat ijrosi ta’minlanishi ta’kidlangan edi.

Mahalla faollarining Kun.uzga ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prik to‘liq ta’mirdan chiqarilib, fuqarolar foydalanishi uchun topshirilgan.

Mavzuga oid