Jamiyat | 19:04 / 29.05.2022
16489
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda haydovchi yo‘lda uxlab qolib, halok bo‘ldi

Foto: Videodan skrin

Jizzax viloyati Baxmal tumanida 27 may kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat 27 may kuni 07:05 atrofida Baxmal tumanidan o‘tgan 4R-41 G‘allaorol—O‘smat avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi (Baxmal tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan) yo‘lovchi tashuvchi Nexia mashinasini Baxmal—G‘allaorol yo‘nalishida boshqarib ketayotganda harakat davomida uxlab qolgan. Yo‘l boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan.

Oqibatda transport vositasi ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. YTHda haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga oid