O‘zbekiston | 07:28 / 31.05.2022
12374
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bo‘ri bolalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida bo‘ri bolalarining sotilishi haqida xabar tarqaldi. 

Foto: xabardor

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bioxilma-xillikni asrash, raqamlashtirish va kadastr yuritish bo‘limi xodimlari tomonidan Baxmal tumani IIB bilan hamkorlikda surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Baxmal tumanidagi "O‘smat" ShFYda istiqomat qiluvchi T.X. va Baxmal tumanidagi "Novqa" MFYda yashovchi J.M. 3 ta bo‘ri bolasini ushlab, ularni sotish bo‘yicha e’lonni ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashgan.

Tezkor nazorat reyd tadbirida fuqaro X.T.ning o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashina yukxonasida 3 ta bo‘ri bolasi borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olingan. Huquqbuzarlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan jarima qo‘llanilgan. 

Ayni vaqtda bo‘ri bolalari ekologlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ob-havoning qulay bo‘lgan vaqtida ularni ushlangan joyiga olib borib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga oid