Namanganda tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 700 mln so‘mlik dorilar aniqlandi
Namangan shahrida yashovchi fuqarodan 50 quti xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 700 million so‘mlik hujjatsiz dori vositalari topilib, olib qo‘yildi.
Joriy yil 28 may kuni soat 22:00 larda olingan tezkor ma’lumot asosida Namangan viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida fuqaro uyning darvozaxonasida jami 50 dona qutilarda xorij davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 116 turdagi 700 000 000 so‘mlik dori vositalarini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bojxona boshqarmasiga topshirildi.
Mavzuga oid
07:47 / 07.01.2025
Toshkentda noqonuniy tarzda dori savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
16:20 / 06.01.2025
Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
11:20 / 30.12.2024
14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi
07:34 / 23.12.2024