O‘zbekiston | 20:46 / 02.06.2022
25203
1 daqiqa o‘qiladi

Zarafshon daryosida GES qurilishiga start berildi

Tojikiston prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Imomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi.

Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha bo‘ladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Muhandislik ishlari to‘liq zamonaviy standartlar asosida, ilg‘or xorijiy kompaniyalar ishtirokida olib borilmoqda.

Loyihani moliyalashtirishga yetakchi xalqaro institutlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirgan.

Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Mavzuga oid