Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt haydovchisi vafot etdi
Yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi vafot etgan, yo‘lovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 27 may kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Narpay tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Cobalt mashinasi yuk mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Cobalt’da bo‘lgan bir necha yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq, M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumanidan o‘tgan qismida xorijiy sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashgan edi. Oqibatda haydovchining sherigi vafot etgan, Ruminiya davlatidan kelgan sayyoh tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
09:42 / 10.01.2025
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
14:26 / 28.11.2024
Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
14:19 / 28.11.2024