Farg‘ona viloyatida harakatdagi Orlando yonib ketdi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan Orlando avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 12 iyun kuni soat 09:56 da tumanning «Yangibo‘ston» MFY hududida harakatlanib ketayotgan, 2014 yilda ishlab chiqarilgan Orlando rusumli avtomobilning texnik nosozligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyiga soat 10:14 da yetib borishgan, yong‘in soat 10:15 da o‘rab olinib, 10:19 da o‘chirilgan. Taxmin qilinishicha, hodisaga elektr simlari qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bundan avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Captiva yonib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024