Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qariyb besh soatda o‘chirilgan.
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 29 iyun kuni soat 13:15 da Jomboy tumani “Zarafshon” MFYda joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 13:27 da yetib borgan. Soat 14:40 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Mazkur bog‘da tez-tez yong‘in sodir bo‘ladi. Jumladan, 2020 yil 26 iyul kuni tunda sodir bo‘lgan yong‘inda olov bog‘ning 2 ming kvadrat maydonini qamrab olgandi.
Bundan tashqari, 2021 yil 3 iyulda sodir bo‘lgan yong‘inda bog‘ning 1,5 gektar maydonida o‘simlik dunyosi yonib ketgandi. Shuningdek, 2022 yil 21 fevral kuni Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan va oqibatda 25 sotix maydonda daraxt va butalar yonib ketgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024