O‘zbekiston | 21:11 / 05.07.2022
13353
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga «yashil yo‘lak» ochish taklif etildi

Bu haqda Toshkentda o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining ilk yig‘ilishida bugun taklif o‘rtaga tashlangan.

Foto: inform.kz

 TDT, Turkiy agroforum va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) qishloq xo‘jaligi vazirlarining yettinchi yig‘ilishida ushbu taklifni Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Erbo‘l Qarashukeyev o‘rtaga tashlagan deb xabar bermoqda «Kazinform» MAA.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasida agrar sohada hamkorlikni rivojlantirish uchun TDTni yangi realliklar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirish zarur», — degan Qarashukeyev.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Erbo‘l Qarashukeyev. Foto: inform.kz

Qozog‘istonlik vazir Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari birgalikda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bir qator choralarni taklif qilgan. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari o‘zaro savdosida forvard kontraktlar mexanizmini qo‘llash; qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro to‘ldirish va samarali kooperatsiya asosida hamkorlikni kuchaytirish; chorvachilik va elita urug‘larini yetkazib berish sohasida hamkorlikni rivojlantirish; to‘siqlarni olib tashlash, xavfsizlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishda «yashil yo‘laklar»ni yaratish yo‘li bilan savdo aloqalarini mustahkamlash taklif etilgan.

Foto: inform.kz

Mavzuga oid