Andijonda odamlar fast-fuddan zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6 iyul kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida 30 nafarga yaqin kishi tez tayyorlanadigan taom – fast-fud yemakxonasidagi ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani, «Ijtimoyat» MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi, fuqaro G‘.M Qo‘rg‘ontepa tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xolsizlik, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rig‘i va ich ketishidan shikoyat qilgan.
Shu kunning o‘zida yana 26 nafar fuqaro sog‘ligida yuqoridagi belgilar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojat qilishgan.
Bemorlarga «O‘tkir gastroenterit» tashxisi bilan shoshilinch tibbiy muolajalar o‘tkazilgan, hozirda barcha bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli.
«Zaharlanishga sabab bo‘lgan holatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bemorlarning barchasi 2022 yil 5-6 iyul kunlari tuman markazida joylashgan tez tayyorlanadigan yeguliklar bilan savdo qiluvchi shoxobchadan «Nonburger» va «Hot-dog» sotib olib iste’mol qilganini bildirishgan», deyiladi munosabatda.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-(1)-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Kun.uz muxbiri mazkur zaharlanish hodisasi sabablarini o‘rganish maqsadida Qo‘rg‘ontepada bo‘lib, maxsus reportaj tayyorlagandi.
Mavzuga oid
18:16 / 11.12.2024
Olimlar umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomini aytdi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:21 / 07.11.2024
Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
15:44 / 01.11.2024