O‘zbekiston | 07:44 / 21.07.2022
4472
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda 36 holatda ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi

O‘tgan olti oyda 440 tonna oziq-ovqat mahsuloti va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlandi. 

Foto: Fotolia / Tom Wang

AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Veterinariya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish samarali mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan. 

Vakolatli organni xabardor etgan holda respublikadagi 279 ta dehqon bozoridan 61 tasida sanitariya nazorati amalga oshirildi va ularning barchasida sanitariya qoidalari, normalariga rioya etilmayotgani aniqlangan.

Mavzuga oid