Qozog‘iston transafg‘on temiryo‘li qurilishida ishtirok etishi mumkin
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston "Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temiryo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Nigoh” kanali xabariga ko‘ra, Qosim-Jo‘mart To‘qayev shunday degan: “biz temiryo‘llarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz ta’minlab, harakat tarkibi taqdim qilishimiz mumkin".
Avvalroq "Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temiryo‘li loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlangandi. Temiryo‘l uzunligi 600 km bo‘ladi, taxminiy qiymati – 5 mlrd dollar.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
17:13 / 20.12.2024
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
21:54 / 17.12.2024
Janubiy Koreya Toshkent-Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
21:37 / 20.11.2024