O‘zbekiston | 19:05 / 28.07.2022
4566
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Rossiya va Xitoy TIV rahbarlari uchrashdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi.

Videodan kadr

Tadbirdan olingan videoni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Kadrlarda Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbarining tibbiy niqobni yechishga jur’at etmayotgan suhbatdoshini qanday kutib olgani aks etgan. 

«Qo‘rqmang», - deya unga murojaat qilgan Lavrov, bu so‘zlardan keyin Van I tibbiy niqobini yechadi. 

«Biz bir-birimizga ishonamiz», deb javob berdi Xitoy Xalq Respublikasi TIV rahbari. 

Lavrov Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi (ShHT TIVK) doirasida Van I bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. 

Mavzuga oid