O‘zbekiston | 11:16 / 30.07.2022
9462
1 daqiqa o‘qiladi

Qisqa o‘quv kurslari sertifikatining yangi tahriri tasdiqlandi

Endi qisqa o‘quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas.

Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikatsiyalar bo‘yicha 6 oygacha bo‘lgan qisqa o‘quv kurslari orqali o‘qigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ikki oy muddatda:

  • kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qo‘shimcha kvalifikatsiyani egallash bo‘yicha beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning o‘zida o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘ladi;
  • sertifikat elektron shakllarini QR-kod yordamida olish ham mumkin.

Fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ortiqcha ovoragarchiliksiz ushbu sertifikatdan foydalana oladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda 255 ta professional ta’lim muassasasida 24 mingga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitilmoqda.

Mavzuga oid